date

Del Pyerro Bastonining uzrini ijobiy baholadi va fikr bildirdi

Del Pyerro Bastonining uzrini ijobiy baholadi va fikr bildirdi

“Yuventus”ning sobiq futbolchisi Alesandro Del Pyerro “Inter” himoyachisi Alesandro Bastonining uzr so‘rashiga munosabat bildirdi. Bastoni jamoalarning yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvida “keksalar” futbolchisi Pyer Kalulyu maydondan chetlatilganidan keyin buni oshkora tarzda nishonlagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Del Pyerroning ta’kidlashicha, Bastonining bu qadami e’tirofga loyiq: voqeadan keyin vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, o‘z xatosini tan olishi uning sha’niga xizmat qiladi. U, hech kim mukammal emasligini, biroq xatolardan saboq olib yanada yaxshiroq bo‘lish mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” — “Yuventus” uchrashuvi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi. Safarda o‘ynagan “Yuventus” 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Del Pyerro Bastonining uzrini ijobiy baholadi va fikr bildirdi