date

Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi

Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, ushbu o'yinda ham uning ishtiroki rejalashtirilmagan.

Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turgani bilan izohladi.

«Ronalduga dam berish yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda u qatnashmay qolayotgan birinchi holat emas», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi