date

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shib olish variantini taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.

Hozirda Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda, qo'ng'iroqlar boshlandi