Ronalduni Yevropa grandiga olib kelish harakati boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarini yaxshilab oldi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik superyulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning top-klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida gaplar chiqqan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!