Ponomaryov Golovin hozir CSKAga kuch qo‘sha olmasligini aytdi

SSSR terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubida himoyachi sifatida o‘ynagan Vladimir Ponomaryov sobiq “armiyachi” Aleksandr Golovin haqida fikr bildirdi. Hozir rossiyalik yarim himoyachi fransuzning “Monako” jamoasida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ponomaryovning ta’kidlashicha, Golovin bugun CSKAga qaytsa ham jamoani sezilarli kuchaytirishi qiyin. Uningcha, futbolchi qariyb 30 yoshga yaqinlashgani sari barqarorlik pasaygan, intizomiy muammolar ko‘paygan va o‘z o‘yinini yaxshilashga urinsa-da, kutilgan natija chiqmayapti. Ponomaryov Golovinga murabbiylik yo‘lini ham ko‘rib chiqishni maslahat berdi.
Golovin so‘nggi ikki uchrashuvda — chempionat va Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarida — ikki marta maydondan chetlatildi. U joriy mavsumda 26 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!