Mali terma jamoasi Rossiyaga yulduzlar bilan keladi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Maliga qarshi uy o‘yinini o‘tkazadi. Rossiya futbol ittifoqi (RFI) bu uchrashuvni hali rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, maliyaliklar o‘yin Krasnodarda bo‘lib o‘tishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Sport24’ga bergan izohida jamoa Rossiyaga to‘liq tarkibda kelishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene kabi yetakchilar hamda boshqa futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, uchrashuv oldidan mashg‘ulot o‘tkazadi.
Bekaye shuningdek, Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuv uncha qiyinchiliksiz amalga oshganini qayd etdi. Mali tomoni kuchli raqib bilan maydonga tushishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Yevropa va jahon futbol tashkilotlari sanksiyalari tufayli hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!