Osimhen Juventus ustidan g'alabani haddan tashqari nishonladi

Turkiyaning Galatasaray klubi Chempionlar ligasi pley-offining ilk uchrashuvida Turin Juventusini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Istanbul jamoasi raqib darvozasiga besh bor yo'l topib, o'z darvozasidan atigi ikki gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Viktor Osimhen eng faol futbolchilardan biri bo'ldi: u nafaqat gol urdi, balki jamoadoshlariga ham golli paslar bilan yordam berdi.
O'yindan keyin esa sobiq Napoli hujumchisi hissiyotga berilib ketdi. U stadionning ichki yo'lagida quvonchdan kichik tartibsizlik qilib, yoritish uskunalaridan birini sindirib qo'ydi. Klub esa yetkazilgan zararni o'z hisobidan qoplashini ma'lum qildi.
Javob uchrashuvi bir hafta o'tib, Turin maydonida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing