Mali terma jamoasi Rossiyaga yulduzlari bilan tashrif buyuradi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan uy uchrashuvini o‘tkazmoqchi. RFU bu bahsni hozircha rasman e’lon qilmagan, biroq Mali tomoni o‘yin Krasnodarda bo‘lib o‘tishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Rossiyaga eng kuchli tarkib borishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene va boshqa yetakchi futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Bekaye, shuningdek, Rossiyaga qarshi uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha kelishuv oson kechganini ta’kidladi. Mali tomoni juda kuchli raqibga qarshi o‘ynashdan mamnun bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Yevropa futboli va jahon futboli tashkilotlari sanksiyalari sabab hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!