Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan uy uchrashuvini o'tkazadi. Rossiya futbol ittifoqi hozircha bu haqda rasman bayonot bermagan bo'lsa-da, Mali tomoni o'yin Krasnodarda bo'lib o'tishini bir necha bor tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Beka'ye Rossiyaga qarshi bahs uchun jamoa eng kuchli tarkibda kelishini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene kabi yetakchilar va boshqa futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazadi.
Shuningdek, Beka'ye Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish bo'yicha kelishuv unchalik murakkab bo'lmaganini ta'kidladi. U Mali terma jamoasi kuchli raqibga qarshi o'ynashdan mamnun bo'lishini qo'shib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi va FIFA sanksiyalari ostida qolmoqda, shu sababli hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!