date

Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi

Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Maliga qarshi uy uchrashuvini o'tkazishi kutilmoqda. RFU hozircha bu haqda rasman e'lon qilmagan bo'lsa-da, Mali tomoni o'yin Krasnodarda bo'lishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Rossiyaga qarshi bahs uchun jamoa eng kuchli tarkibda yo'l olishini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene va boshqa futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazadi.

Bekaye, shuningdek, Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish bo'yicha kelishuv juda oson chiqqanini ta'kidladi. Mali tomoni kuchli raqibga qarshi maydonga tushishdan mamnun bo'lishini uqtirdi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanksiyalari ostida qolmoqda, shu sababli hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi