Ronaldu yozda Yevropa top-klublariga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning top-klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shish variantini taklif qilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.
Ronalduning amaldagi shartnomasi «Al-Nasr» bilan 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!