Marsel jamoasi bosh murabbiylikka Xabib Beyeni tayinladi

«Marsel» klubida bosh murabbiy almashdi: jamoani endi 48 yoshli Xabib Beye boshqaradi. «Provansliklar» matbuot xizmati senegallik mutaxassis bilan kelishuvga erishilganini rasman e’lon qildi. Beyening so‘nggi ish joyi «Renn» bo‘lib, u bu lavozimni oy boshida tark etgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xabib Beye futbolchi sifatida ham «Marsel» sharafini himoya qilgan — u 2003–2007 yillarda klub safida to‘p surgan. U «oq-ko‘klar» boshqaruvida o‘tgan hafta iste’foga chiqqan Roberto de Dzerbining o‘rnini egallaydi.
Ayni paytda «Marsel» Liga 1 turnir jadvalida 22 turdan so‘ng 40 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa juma kuni safarda «Brest»ga qarshi chempionat uchrashuvini o‘tkazadi, o‘yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!