date

Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi

Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan o'z maydonida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi kutilmoqda. Rossiya futbol ittifoqi bu haqda hozircha rasmiy bayonot bermagan bo'lsa-da, Mali tomoni o'yin Krasnodarda bo'lishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye jamoa tarkibi bo'yicha ham aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, Mali Rossiyaga eng kuchli tarkibda tashrif buyuradi: Bissuma, Niakate, Sangare, Nene va boshqa futbolchilar 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazadi.

Bekaye shuningdek, Rossiyaga qarshi uchrashuvni tashkil etish bo'yicha kelishuv uncha qiyinchiliksiz erishilganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, maliyaliklar kuchli raqibga qarshi o'ynashdan mamnun bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanksiyalari sababli hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mali yulduzlari Rossiyaga qarshi o'yinga to'liq tarkibda keladi