Boka Huniors sport direktori lavozimiga yangi nom tayinlandi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi yangi sport direktori kim bo‘lishini e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti, «Barselona» sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Huniors» tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj, shu sabab Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda jamoani mustahkamlash bo‘yicha tezkor qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores Kubogi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!