Boka Xuniors klubi sport direktori lavozimiga yangi nomzod tayinladi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoaga tezkor kuchaytirishlar zarurligi ta’kidlanar ekan, Delgado va Rikelme transferlar hamda tarkibni mustahkamlash masalalarida birgalikda ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — braziliyalik “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!