Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi — Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi qayd etilmoqda. Shu sabab Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transfer bozorida faol ishlash va tarkibni raqobatbardosh holatga keltirish bo‘ladi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi uchun 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!