date

Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi

Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa taqvimi tig‘iz bo‘lgani uchun Ronalduga va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buning ortida shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini ta’kidladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiyadan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini, bunday holat avval ham bir necha bor kuzatilganini Al Nassr Zone nashriga ma’lum qildi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berdi