date

Flik de Yongdan katta o‘yinlarda faollikni oshirishni so‘radi

Flik de Yongdan katta o‘yinlarda faollikni oshirishni so‘radi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning o‘yinidan mamnun. Germaniyalik mutaxassis niderland futbolchisini jamoa markazidagi asosiy figuraga tenglaydi, biroq hal qiluvchi uchrashuvlarda undan ko‘proq intensivlik kutayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Flikning fikricha, de Yong vaziyat talab qilgan paytlarda yanada tavakkalroq harakat qilishi, hujumni tezlashtirish va keskin paslar bilan o‘yinga ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Joriy mavsumda Frenki de Yong barcha musobaqalarda 30 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, hamkorlariga 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Hozirda «Barselona» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Flik jamoasi «Real»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Kataloniyaliklar navbatdagi bahsini 22 fevral kuni «Levante»ga qarshi o‘tkazadi.

Shu bilan birga, Ispaniyada «Barselona» yarim himoyachisi de Yongning o‘yini tanqid ostiga ham olingani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik de Yongdan katta o‘yinlarda faollikni oshirishni so‘radi