Slutskij boshchiligidagi Shanghai Shenhua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off umidlari so‘ngan «Shanghai Shenhua» sakkizinchi turda «Buriram United»ga qarshi maydonga tushdi. Leonid Slutskij jamoasi turnir bilan xayrlashishdan avval hech bo‘lmasa munosib natija ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham omad kulib boqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv Tailand klubi foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. «Buriram United» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko‘p o‘tmay «Shanghai Shenhua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o‘yin intrigasini deyarli so‘ndirdi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskij «Shanghai Shenhua» bilan tuzgan amaldagi shartnoma 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!