date

Maktoninay zamonaviy futbolda qattiqlik kamayganini aytdi

Maktoninay zamonaviy futbolda qattiqlik kamayganini aytdi

Shotlandiya terma jamoasi va Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Skott Maktoninay so‘nggi yillarda futbol qanday o‘zgarib borayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

29 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, hozir o‘yin avvalgidan ancha “yumshab” ketgan: u bolaligida futbolchilarni kuchli bosim bilan, qattiqroq uslubda o‘ynashga o‘rgatishgan, bugun esa eng kichik kontakt ham sariq kartochkaga sabab bo‘lishi mumkin. Maktoninay nazarida, zamonaviy futbolda haddan tashqari ehtiyotkorlik va “sezgirlik” ko‘payib ketgan. Uning so‘zlarini Janluka Di Martsio sayti keltirdi.

Joriy mavsumda Maktoninay barcha turnirlarda 34 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u ikki bor ogohlantirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maktoninay zamonaviy futbolda qattiqlik kamayganini aytdi