Bilyaletdinov Ronaldu yuqori saviyada qolayotganini ta’kidladi

Rossiyalik taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Ronaldu noyob futbolchi bo‘lib, uning natijalarini yana bir bor takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, portugaliyalik yulduz hamon eng yuqori darajada o‘ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.
Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol va 3 assist bilan hisobini to‘ldirdi.
Saudiya chempionatining 21-turidan so‘ng «Al-Nasr» 52 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing