Bilyaletdinov Ronalduning yuqori saviyadagi intilishiga baho berdi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Ronalduni noyob futbolchi deb atab, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsizligini ta'kidladi. Bilyaletdinovning aytishicha, 40 yoshdan oshganiga qaramay, portugaliyalik yulduz hanuz eng yuqori darajada o'ynashga intilmoqda.
Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
21-turdan so'ng «Al-Nasr» mamlakat chempionati jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing