date

Osimhen Galatasarayda o‘zini erkin his qilyapti, ammo qiziqish bor

Osimhen Galatasarayda o‘zini erkin his qilyapti, ammo qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini almashtirish zaruratini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti ham, o‘yin uslubi ham ma’qul kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline manbasi yozishicha, yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, bir qator top-klublar Osimhen atrofidagi vaziyatni kuzatishi va unga qiziqish bildirishi mumkin. Hozircha esa aniq takliflar, bevosita aloqa yoki muzokaralar haqida gap yo‘q.

Ta’kidlanishicha, ehtimoliy transferning taqdiri birinchi navbatda Osimhenning shaxsiy qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda o‘zini erkin his qilyapti, ammo qiziqish bor