Bilyaletdinov Ronaldu haqida yuqori darajani ushlab turmoqda dedi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan Krishtianu Ronaldu o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Ronaldu fenomenini alohida ta'kidlab, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsizligini aytdi. Bilyaletdinovning so'zlariga ko'ra, beshinchi o'n yillikka kirgan futbolchining hamon eng yuqori darajada o'ynashga intilayotgani katta hurmatga loyiq.
Joriy mavsumda 41 yoshli portugaliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Mahalliy chempionatning 21-turidan keyin «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing