Bilyaletdinov Ronaldu haqida uning yuqori darajadagi ishtiyoqini aytdi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surayotgan yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘yinlari borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Ronaldu noyob futbolchi ekanini ta’kidlab, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsizligini aytdi. Bilyaletdinovga ko‘ra, beshinchi o‘n yillikka kirganiga qaramay, portugaliyalik hamon eng yuqori saviyada o‘ynashga intilmoqda.
Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.
Mahalliy chempionatning 21-turidan keyin “Al-Nasr” turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing