date

Bilyaletdinov Ronaldu yoshi katta bo'lsa ham yuqori darajada

Bilyaletdinov Ronaldu yoshi katta bo'lsa ham yuqori darajada

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronaldu o'ziga xos futbolchi bo'lib, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, portugaliyalik hujumchi hanuz eng yuqori saviyada o'ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.

Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Saudiya chempionatining 21-turidan so'ng «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bilyaletdinov Ronaldu yoshi katta bo'lsa ham yuqori darajada