Bilyaletdinov Ronaldu haqida fikr bildirdi

Taniqli rossiyalik murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu o'yinlari haqida o'z fikrini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronaldu betakror futbolchi bo'lib, uning ko'rsatkichlarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, portugaliyalik futbolchi eng yuqori darajada o'ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.
Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya chempionatining 21-turidan so'ng «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing