date

Bilyaletdinov Ronaldu haqida uning yuqori saviyasini e'tirof etdi

Bilyaletdinov Ronaldu haqida uning yuqori saviyasini e'tirof etdi

Mashhur murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi safida to'p surayotgan Krishtianu Ronaldu o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronaldu noyob futbolchi bo'lib, uning erishgan natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshgan bo'lishiga qaramay, hujumchi hanuz eng yuqori darajada o'ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.

Joriy mavsumda 41 yoshli portugaliyalik barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Saudiya chempionatining 21-turidan so'ng “Al-Nasr” turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bilyaletdinov Ronaldu haqida uning yuqori saviyasini e'tirof etdi