date

Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

“Zenit”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa jahon chempionatiga chiqa olmay qolish xavfi ostida. Uning aytishicha, klublar legionerlar hisobidan natija chiqarib turibdi, biroq terma jamoa darajasi past.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jyenarro Gattuzo boshchiligidagi jamoa saralashdagi styk uchrashuvlarida qatnashadi.

2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vladislav Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi