Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Argentinaning "Boka Huniors" klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni olib keldi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga zudlik bilan kuchayishlar zarurligi bois, ushbu tandem transfer va tarkibni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa Libertadores kubogida "Santos" hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing