date

Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida fikr bildirdi

Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida fikr bildirdi

Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Hazm»ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu matbuot bilan suhbatlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi bu bahsda dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Ronaldu yakunda o'z kelajagi borasida ham aniq pozitsiyasini aytdi.

«Buni avval ham ko'p marta ta'kidlaganman: mening kelajagim Saudiya Arabistoni bilan bog'liq. Bu yerda o'zimni baxtli his qilyapman va qolishni xohlayman», — deya uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Eslatib o'tamiz, oy boshida Ronaldu klub rahbariyati faoliyatidan norozi bo'lib, jamoasining bir necha o'yinlarida ishtirok etmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq u maydonga qaytdi va ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida fikr bildirdi