Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bo'yicha ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham figurant sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikkala mansabdorga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy ajratmalar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 million dollar yetib bormagani haqidagi ma'lumotlardan so'ng boshlangan.
Shuningdek, Tapia mulkida ekani aytilayotgan, vertolyot maydonchasiga ega 10 gektarlik qo'rg'on ham shubha ostiga olingan.
Prokuraturani futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdori ham qiziqtirmoqda: u Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam ekani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!