date

Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi

Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasi uchun qaysi raqib ma'qulroq ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parij klubi pley-off saralash bosqichida «Monako»dan o‘tib ketsa, keyingi raundda «Barselona» yoki «Chelsi» bilan to‘qnash keladi. Ilk uchrashuvda PSJ safarda monakoliklarni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Enrikening ta'kidlashicha, u ehtimoliy raqiblar ichida «Chelsi» variantini qulayroq deb biladi. Mutaxassis «Barselona»ning o‘yinni ishonchli nazorat qilishi, yuqori pressing qo‘llashi va bir zumda natijani o‘zgartirib yuboradigan ijrochilarga boy ekanini qayd etdi.

Murabbiy fikricha, «Barselona»ga qarshi maydonga tushganingda faqat jamoaga emas, butun bir o‘yin falsafasiga ham qarshi kurashasan — bu esa vazifani yanada murakkablashtiradi.

Chempionlar ligasi 1/8 final bahslari mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi