date

Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi

Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A Seriyasining joriy mavsumida chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, poygada "Inter" yaqqol favorit bo'lib turibdi: jamoa 64 ochko jamg'argan va, uning hisob-kitobiga ko'ra, mavsum yakunida 90 ochkoga yetishi mumkin. Allegri "Milan" maqsadga erishishi uchun qolgan 13 uchrashuvda 12 g'alaba qozonib, atigi bir marta yutqazishga haqli ekanini aytdi. "Bu matematika. Agar ular qoqilsa-yu, biz imkoniyatdan foydalana olmasak, ayb o'zimizda bo'ladi", — dedi u.

26-turdan so'ng "Inter" A Seriya turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadam. Ikkinchi o'rindagi "Milan"dan farq hozircha 10 ochko, biroq Allegri jamoasi bitta o'yinni kam o'tkazgan.

22 fevral kuni "Milan" o'z maydonida "Parma"ni qabul qiladi. Uchrashuv 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi