date

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan keyin terma jamoaga bormasdi

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan keyin terma jamoaga bormasdi

Moskvaning CSKA sobiq futbolchisi Aleksey Berezutskiy Rossiya terma jamoasining Gvatemala va Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilsa, faol futbolchi sifatida borarmidi degan savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, bunday qaror avvalo yoshga bog‘liq. Berezutskiy 30 yoshdan oshgan futbolchi bo‘lganida, aynan shu bahslarga terma jamoa bilan borishni istamasligini ta’kidladi. Bu haqda u «RB Sport»ga bergan intervyusida aytgan.

Aleksey Berezutskiy professional faoliyatini 2018 yilda yakunlagan. U Rossiya terma jamoasi safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi ikki nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Raqiblardan biri Mali terma jamoasi bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan keyin terma jamoaga bormasdi