date

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasaroyga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasaroyga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyadagi «Komo»ga qarshi kechgan va turinliklar 0:2 hisobida yutqazgan bahsda jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchida chap boldir mushagi shikastlanishi aniqlangan. Shu sababli uning 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichi doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi hozircha noma’lum.

Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Yuventus»ga kelib qo‘shilgandi. Uning turin klubi bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasaroyga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin