Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenhxua» yetti turdan keyin pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatini yo'qotgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs esa Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand vakili 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi taymning boshidayoq ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis hisobni ochgan bo'lsa, 22-daqiqada Suphanat Mueanta ustunlikni mustahkamladi.
Tez orada «Shanxay Shenhxua» futbolchilaridan biri maydondan chetlatilib, jamoa bir kishi kam bo'lib qoldi. Shundan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi va hisob o'zgarmadi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!