date

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyadagi "Komo"ga qarshi kechgan va turinliklar 0:2 hisobida yutqazgan uchrashuvda jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, turkiyalik futbolchida chap oyoq boldir mushagi shikastlangani aniqlangan. Shu sababli uning 25-fevral kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi pley-offining ilk bosqichidagi "Galatasaray"ga qarshi javob o'yinida maydonga tushishi hozircha so'roq ostida.

Kenan Yildiz 2022 yilda "Bavariya"dan "Yuventus"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Uning turin klubi bilan shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin