date

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyaning «Komo»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinida jarohat oldi. Turinliklar ushbu bahsda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchida chap boldir mushagi shikastlanishi aniqlangan. Shu bois uning 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichi doirasida «Galatasaray»ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushishi noma’lumligicha qolmoqda.

Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan. Hujumchining shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 35 uchrashuvda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasarayga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin