date

Garri Keyn yaqin kelajakda Barselonaga kelmaydi

Garri Keyn yaqin kelajakda Barselonaga kelmaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn yaqin orada «Barselona» safini to‘ldirmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda kataloniyalik grand prezidentligiga nomzod Xavyer Vilaxoana ingliz yulduzini jamoaga olib kelish niyati borligini aytgandi. Biroq Sky Sport xabariga ko‘ra, Keynni kelasi yozda taklif qilish rejada yo‘q va bu variant hozircha amalda ham real ko‘rinmayapti. «Bavariya» esa forvard bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni xohlamoqda.

Joriy mavsumda 32 yoshli Keyn Vensan Kompani jamoasida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda 43 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn yaqin kelajakda Barselonaga kelmaydi