date

Barselona yarim himoyachisi Bernal Buskets bilan qiyosga javob berdi

Barselona yarim himoyachisi Bernal Buskets bilan qiyosga javob berdi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Bernal uni jamoaning sobiq yetakchisi Serxio Buskets bilan solishtirishayotgani borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni 18 yoshli futbolchi “Levante”ga qarshi o‘yinda (3:0) kataloniyaliklarga muhim hissa qo‘shdi: uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisobni ochdi. 66-daqiqada “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bernalni maydondan olib, jarohatdan keyin safga qaytgan Pedrini o‘yinga tushirdi.

“Buskets bilan qiyoslanish men uchun katta sharaf, ammo men endigina faoliyatimni boshlayapman. “Kamp Nou”da urilgan har bir gol alohida tuyg‘u beradi — bu juda ajoyib lahza edi. “Barselona” — dunyodagi eng yaxshi klub. Asosiy tarkibdan joy olish uchun har birimiz bor kuchimizni berishimiz kerak. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, g‘alaba qozondik va gol o‘tkazmadik — bundan juda xursandmiz”, — deya Bernalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yosh ispaniyalik futbolchining “Barselona” safidagi 23 o‘yinda 2 ta goli va 1 ta golli uzatmasi bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona yarim himoyachisi Bernal Buskets bilan qiyosga javob berdi