Anchelotti murabbiylikda ishonch hammasini hal qiladi

Yulduzli murabbiy Karlo Anchelotti o‘z ishining nozik jihatlari haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, murabbiylikda eng muhim omil — klub va jamoa tomonidan bildiriladigan ishonch. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, murabbiy bilan tuziladigan shartnoma amalda ishonch saqlanib turgan paytgacha “yashaydi”. U faoliyati davomida deyarli hamma joyda iste’foga chiqarilganini eslab o‘tdi: u ishlagan 10 klubning 7 tasida uni ishdan bo‘shatishgan. Bu so‘zlarni Cadena SER keltirdi.
Ma’lumki, o‘tgan yozdan beri Karlo Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida “selesao” Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi. Braziliyaliklar 2002 yildan beri ilk bor mundialni yutishni asosiy maqsad qilib qo‘ymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!