date

Anchelotti Ronalduning professionalizmiga alohida baho berdi

Anchelotti Ronalduning professionalizmiga alohida baho berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi va uning mehnatsevarligi hamda intizomini alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professional ijrochilardan biri. Murabbiy Cadena SER nashriga bergan izohida portugaliyalik yulduz bilan bo‘lgan suhbatni eslab o‘tdi: “Bir safar u menga: ‘Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi’, degandi. Futbol jismonan juda ko‘p narsa talab qiladi, ammo tiklanish ham nihoyatda muhim. Ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama oqibatida kelib chiqadi”, — dedi Anchelotti.

Hozir 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronalduning professionalizmiga alohida baho berdi