date

Rayhon yangi “No Stress” nomli bomba taronasi bilan xursand qilmoqda!

Rayhon yangi “No Stress” nomli bomba taronasi bilan xursand qilmoqda!

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Rayhon G‘aniyeva muxlislari uchun navbatdagi musiqiy yangilikni e’lon qildi. San’atkor yaqin kunlarda “No Stress” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etishini ma’lum qildi.

Xonanda ushbu xabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ulashib, muxlislarini premyeraga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Rayhonning aytishicha, yangi tarona 5 iyun kuni rasman tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi.

“5 iyun kuni mening yangi qo‘shig‘im — ‘No Stress’ chiqadi! Agar uni hammadan birinchi bo‘lib tinglashni istasangiz, storisga o‘ting, havola orqali presave qiling va yurakchani bosing. Shunda qo‘shiq chiqqan zahoti uni birinchilardan bo‘lib eshitasiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda muhim!”, — deb yozdi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon yangi “No Stress” nomli bomba taronasi bilan xursand qilmoqda!