“Xit” qo‘shiqlar ortidagi ijodkorlarga katta e’tibor: yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda she’rlari mashhur qo‘shiqlarga aylangan shoir, yozuvchi va dramaturglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, endilikda bunday ijodkorlar davlat tomonidan muntazam rag‘batlantirib boriladi. Xususan, ular uchun yil davomida har oy 5 million so‘mdan qalam haqi (gonorar) to‘lab beriladi. Bu esa ijodkorlarning barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ularga O‘zbekiston bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportlaridan bepul foydalanish huquqi beriladi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajatlari esa to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, mazkur ijodkorlar uchun maxsus mahorat maktablari va ijod uylari tashkil etilib, ularning tajribasini yosh avlodga yetkazish imkoniyati kengaytiriladi.
Yana bir muhim yangilik — O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan “Milliy ijodkorlar qurultoyi” doirasida yilning eng yaxshi ijodkorlari saralanib, alohida taqdirlanadi. Bu esa milliy madaniyat va san’at rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!