Marelli Milan maglubiyatidan so'ng Parma golini bekor dedi

Seriya A sobiq referisi Luka Marelli «Parma»ning «Milan» darvozasiga urgan g'alaba golini baholadi. 26-tur bahsi 1:0 hisobida yakunlandi va yagona gol atrofida katta bahslar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
DAZN'da hakamlik bo'yicha yetakchi tahlilchi bo'lib ishlaydigan Marelli ikki epizodga alohida to'xtaldi: Troilo va Bartesagi o'rtasidagi kontakt, shuningdek gol oldidan Valenti tomonidan darvozabon Mayk Menyanni harakatlanishiga to'sqinlik qilingani. Uning fikricha, birinchi holat qoidalar doirasida ko'rinadi, biroq Valenti harakati darvozabonning joylashuviga xalal berishga qaratilgan aniq urinish bo'lgan.
«Qoidalar nuqtai nazaridan, bu gol hisoblanmasligi kerak edi», — deya Marellining so'zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.
Hozirda «Parma» turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda, «Milan» esa ikkinchi pog'onada — peshqadam «Inter»dan 10 ochko ortda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!