Al-Nasr bosh murabbiy Zhezush bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonidan chiqqan xabarlarga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati bosh murabbiy Zhorzhe Zhezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Klub portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko'ra, «Al-Nasr» murabbiy shtabi ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham Zhezush bilan ishlashni xohlaydi. Avvalroq Zhezushning kelajagi Krishtianu Ronaldu klubni yozda tark etsa, savol ostida qolishi mumkinligi aytilgandi, biroq yulduz hujumchi yaqinda jamoada qolmoqchi ekanini bildirgan.
Zhezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Ayni paytda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing