Al-Nasr murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini tasdiqladi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning ortida chempionatdagi «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini ta’kidladi.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi birinchi holat emasligini eslatib o‘tdi, deya keltiradi Al Nassr Zone.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!