Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda savollar ko‘paydi

“Konyaspor”ga kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng “Galatasaray” ichidagi vaziyat borasida xavotirli xabarlar tarqaldi. TR24 portali yozishicha, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa masala yuzasidan izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik istiqbollari juda ham shubha ostida qolganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa turnir jadvalida 55 ochko bilan peshqadamlikni ushlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o‘yini zaxirada bo‘lgan “Fenerbahche” “Galatasaray”ga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing