Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klubda taranglik kuchaygan

Konyaspor bilan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichkarisida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirdi.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyati jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o‘yini bor Fenerbahche raqibiga yaqinlashib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing